- Tizimga kirganingizdan so‘ng “Qabulga yozuvlar” paneliga, qo‘shimcha “Aktiv” paneliga o‘ting:
- Uchrashuvga navbatda turgan bemorni taklif qilish uchun navbatlar ro‘yxatidan tanlang yoki kerakli qidiruv maydonidan ismi yoki tibbiy karta raqami bo‘yicha toping:
- Keyin “Taklif qilish” tugmasini bosing:
- Bemorning tibbiy kartasi ochiladi:
- “Qabulni boshlash” tugmasini bosing:
- Sahifa yangilanadi va “Yangi epizod” tugmasi ochiladi, uni bosishingiz kerak:
- Yangi epizod oynasi paydo bo’ladi:
- Kerakli maydonda murojaat epizodini ko’rsating:
- Keyin, “Shablonni tanlang” yorlig‘ini bosing va kerakli shablonni belgilang:
- So’ng ariza sababini ko’rsating:
- Tanlangan shablon avtomatik ravishda bo’sh maydonga kiritiladi (shablonni to’ldirish, tahrirlash yoki keraksiz ma’lumotlarni o’chirish mumkin):
- Keyin «Barcha tashxislar» yorlig’iga o’ting:
- XKT va tashxis turiga ko’ra tashxislarni ko’rsating (agar kerak bo’lsa):
- Va “Tashxisni qo‘shish” tugmasini bosing:
- Keyin “Ko’rikni yakunlash” tugmasini bosing:
Video dars:
Tabriklaymiz, siz bemorni qabulga muvaffaqiyatli taklif qildingiz va yangi epizod yaratdingiz!
Manba: dmed tizimi